Rodrigo jarohatidan kutilganidan tezroq tuzalishi mumkin
"Real" hujumchisi Rodrigo jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Braziliyalik futbolchi xalqaro tanaffusga qadar safdan chiqdi.
Avvaliga 23 yoshli futbolchining tiklanishi taxminan 5-6 hafta davom etishi taxmin qilingandi, ammo bu muddat qisqartirilishi mumkin. Marca xabariga ko‘ra, forvardda ertaroq qaytish uchun to‘liq imkoniyat bor.
Joriy mavsumda Rodrigo “Real” safida barcha turnirlar doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Karlo Anchelotti shogirdlari navbatdagi o‘yinini 24 noyabr kuni o‘tkazadi.