"Brayton" muxlislari - Gvardiolaga: "Ertalabgacha seni bo‘shatib yuborishadi"
"Brayton" muxlislari Pep Gvardiolaga so‘nggi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlarini eslatishdi.
"Manchester Siti" bugun ketma-ket to‘rtinchi bor mag‘lubiyatga uchradi, "chaykalar" o‘z maydonida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Shaharliklar" darvozasiga kiritilgan ikkinchi goldan so‘ng mezbonlar muxlislari: "Ertalabga seni bo‘shatib yuborishadi," deya qo‘shiq ayta boshlashdi.
"Man Siti" 2006 yildan beri ketma-ket to‘rt marta mag‘lubiyatga uchramagan. Gvardiolaning faoliyatida bunday holat birinchi marta yuz berdi.