Gyundogan: "Aksariyat APL jamoalari yaxshiroq o‘ynay boshlagandek tuyuladi"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Brayton"dan mag‘lubiyatga uchraganidan keyin APL darajasi haqida gapirdi.
Angliya chempionatining 11-tur uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi.
- Bu qiyin raqobat. Aksariyat jamoalar yaxshiroq o‘ynay boshlagandek tuyuladi. Men faqat birinchi beshlik haqida emas, qolganlari haqida ham gapiryapman. Menimcha, endi hamma juda yaxshi o‘ynay oladi va xatolar uchun seni jazolashi mumkin," - deya Gyundoganning so‘zlarini keltirmoqda BBC Sport Manchester.