Gyundogan nega Germaniya terma jamoasini tark etganini tushuntirdi
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Germaniya terma jamoasini tark etish sabablarini aytdi.
«Terma jamoa safida 82 ta o‘yin o‘tkazdim va bu natija bilan faxrlanishim mumkin. Eng yoqimli lahza esa, Yevropa chempionati arafasida meni terma jamoa sardori etib tayinlab, menga murabbiy va muxlislarning ko‘rsatgan ishonchi bo‘ldi. Ammo tanam va miyam dam olishga muhtoj, o‘tgan mavsumda men deyarli 60 ta o‘yinda maydonga tushdim, bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin», — deya Gyundoganning so‘zlarini keltiradi "Bild".
Gyundogan milliy terma jamoa safida 82 ta o‘yin o‘tkazib, o‘n to‘qqizta gol urgan.