«Real» fanatlariga yaxshi xabar e’lon qilindi
Vinisius Junior navbatdagi o‘yinda «Real» safida o‘ynashga tayyor.
"Relevo" xabariga ko‘ra, Madrid klubi vingeri «Vilyarreal» bilan o‘yinda (2:0) olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan.
Braziliyalik futbolchi terma jamoa yig‘inini o‘tkazib yuboradi va klub qarorgohida yakka tartibda shug‘ullanadi. U 19 oktyabr kuni «Selta»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi.
La Liganing joriy mavsumida Vinisius 9 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.