Paredes 2025 yilda "Roma"dan ketishi mumkin
"Roma" yarim himoyachisi Leandro Paredes 2025 yilning yozida jamoani tark etishi mumkin, deb yozadi Nikolo Skira.
30 yoshli argentinalik futbolchining shartnomasi 30 iyunga qadar mo‘ljallangan va "bo‘rilar" bosh murabbiyi Ivan Yurich uni jamoaning asosiy futbolchisi deb hisoblamaydi. Shunga qaramay, Paredes ma’lum sondagi o‘yinlarda maydonga tushsa va jamoa ma’lum miqdordagi gollar ursa, uning shartnomasi avtomatik ravishda 2026 yilgacha uzaytirilishi ehtimoli bor.
Leandro 2023 yilning yozida 2,5 million yevro evaziga "Roma"ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u 5 uchrashuvda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.