"Roma" ustozi klubi rahbariyatidan imkoniyat so‘ramoqchi
"Roma" bosh murabbiyi Ivan Yurich Rim klubida 11-noyabr kuni xalqaro tanaffus boshlanishidan oldin ikkita o‘yin o‘tkazish uchun oxirgi imkoniyatni istamoqda.
Bu haqda italiyalik insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Hozircha xorvatiyalik murabbiyning kelajagi noaniq. Yurich Yevropa ligasida "Union Berlin" va "Bolonya"ga qarshi "bo‘rilar"ni boshqarish istagida bo‘lishiga qaramay, "Roma" rahbariyati uni yaqin bir necha soat ichida iste’foga chiqarishi mumkin.
Bir kun avval Ivan Yurich A Seriyaning 11-turida “Verona”dan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. O‘yin 2:3 hisobida yakunlangandi.