"Roma"ning ustoziga yana ikkita o‘yin imkoniyat uchun berildi
"Roma" klubining xorvatiyalik bosh murabbiyi Ivan Yurich vaziyatni to‘g‘irlash uchun yana 2 ta o‘yin oladi, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.
Qayd etilishicha, klub xo‘jayinlari bosh direktor Floran Gisolfi, shuningdek, 49 yoshli murabbiy bilan suhbatlashgan va unda murabbiyni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgan.
Biroq, rimliklar natijalardan norozi ekanliklarini va vaziyatni to‘g‘irlash kontekstida 7 noyabr kuni "Union"ga qarshi va 10 noyabr kuni "Bolonya"ga qarshi navbatdagi ikkita o‘yinni kutishayotganini ta’kidlamoqda.
“Roma” Italiya chempionatida 11 turdan keyin 13 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.