Jerrard Salohning qolishini istamoqda
Stiven Jerrard Muhammad Saloh "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirishiga umid qilmoqda.
Mavsum oxirida 32 yoshli forvard erkin agentga aylanishi mumkin.
"Umid qilamanki, biz Salohni [bu yerda] yana bir necha mavsum ko‘ramiz. O‘ylaymanki, u o‘zining formasi va professionalligi tufayli yana ko‘p yillar yuqori darajada o‘ynashga qodir. Shunday ekan, umid qilamanki, u qoladi.
Men hayron emasman. "U kabi odamlar o‘z kasbiga ishtiyoqli va yuqori iqtidorga ega, shuning uchun u doimiy ravishda yuqori saviyada o‘ynashi ajablanarli emas", dedi "Liverpul"ning sobiq sardori.