Motta: "Bu juda ko‘p qiyin vaziyatlarga ega bo‘lgan o‘yin bo‘ldi"
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Tyago Motta Italiya A Seriyasining 9-turidan o‘rin olgan "Inter"ga (4:4) qarshi o‘yindagi super samarali durang haqida fikr bildirdi.
"Bu juda ko‘p qiyin vaziyatlarga ega bo‘lgan o‘yin bo‘ldi, biroq biz to‘rtinchi goldan keyin ham o‘yinda qolishga muvaffaq bo‘ldik. Biz hamma narsani batafsil tahlil qilishimiz kerak, juda ko‘p voqealar sodir bo‘ldi va ularning hammasi ham ijobiy emas. Biz hamma narsani yaxshilashimiz mumkin, har bir o‘yin boshqacha hikoya.
Misol uchun, bugun biz himoyada juda ko‘p azob chekdik, bungacha A Seriyaning butun mavsumida faqat bitta gol o‘tkazib yuborgan edik va bu "Inter"ning kuchi va sifati haqida gapiradi. Boshqa tomondan, hujumda biz har doim ochiq va har ikki jamoaga ko‘p imkoniyatlar taqdim etgan o‘yinda doim xavfli bo‘lganmiz. Bizda formadagi o‘yinchilar bor, masalan, chap qanotda - Konseysau va Kambyaso, shuningdek, bugun o‘zini juda yaxshi ko‘rsatgan Makkenni. Himoyada ham yaxshi o‘ynay oladigan va foydali bo‘la oladigan ko‘plab futbolchilarimiz bor, barchasi ularning har birining o‘yini va formasiga bog‘liq", - dedi Motta klub matbuot xizmati rasmiy saytiga.