Motta: "Bizni katta o‘yin kutmoqda"
"Yuventus" bosh murabbiyi Tiago Motta Italiya chempionati doirasidagi "Inter"ga qarshi uchrashuv haqida gapirdi.
"Biz o‘z g‘oyalarimiz va futbolimizga ishonamiz. Bizni eng yuqori saviyada o‘tkazishimiz kerak bo‘lgan katta o‘yin kutmoqda. Biz har doim maydonga 200 foiz kuchimizni berish uchun chiqamiz. Biz boshqacha harakat qilgan birorta o‘yin bo‘lmagan", - deya Motta so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Italiya A seriyasining 9-turidan o‘rin olgan "Inter" va "Yuventus" o‘yini 27 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.