Arauxo yana uzoq vaqt «Barsa»da qolmoqchi
«Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo jarohatidan yana uzoq vaqt davomida kataloniyaliklar safida o‘ynash niyati bor ekanligini aytdi.
«Men buqa kabi qaytaman. Bu klubda o‘ynash orzum. Men 5 yildan beri shu yerdaman va umid qilamanki, yana ko‘p yillar shu yerda bo‘laman», - dedi Arauxo.
25 yoshli urugvaylik futbolchining shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.