Flik Arauxoning tiklanish jarayoni haqida gapirdi
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachi Ronald Arauxoning tiklanish jarayoni haqidagi savolga javob berdi.
«Arauxo tiklanmoqda, biz uni shoshiltirmaymiz. Biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak, chunki jarohat jiddiy edi. U maydonga qaytganida men baxtiyor bo‘laman», - deya Flikning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.
25 yoshli urugvaylik futbolchi bu mavsumda maydonga tushmagan. Arauxoning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.