Ten Xag: «Man Yunayted»ga sovrinlarni qaytardik»
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaning yomon natijalari tufayli yuzaga kelgan bosim ostida ijobiy fikrlashda davom etmoqda.
Niderlandiyalik mutaxassis «qizil iblislar» bilan ikki yil ichida Liga kubogi va Angliya kubogini qo‘lga kiritganini esladi.
«Biz «Manchester Yunayted»ga sovrinlar olib keldik. Esingizda bo‘lsa, bundan olti yil avval «MYU» birorta ham sovrin yuta olmagandi. Bizda hali yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p», - dedi Ten Xag klub televideniyasiga.