Rodrining Parijga bir hafta avval ketgani ma’lum bo‘ldi
"Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri bir hafta oldin "Oltin to‘p"ni topshirish marosimda ishtirok etish uchun Parijga uchib ketishga qaror qilgandi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchida "Oltin to‘p" sohibi bo‘lishiga dalil yo‘q. Bu haqda futbolchiga hech kim xabar bermagan.
Avvalroq OAVda "Real Madrid" vakillaridan hech biri Parijdagi "Oltin to‘p"ni topshirish marosimiga kelmasligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Tadbirni boykot qilish qarori "Los-Blankos"ning braziliyalik vingeri Vinisius Juniorning mukofotni olmasligi bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 2024 yil 28 oktyabr kuni “Oltin to‘p” o‘tgan futbol yili natijalariga ko‘ra topshiriladi. Marosim Parijdagi "Sharli" teatrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanishi rejalashtirilgan.