Rodri Vinisiusdan necha ochkoga o‘zib ketgandi?
Ispaniya terma jamoasi va “Manchester Siti”ning tayanch yarim himoyachisi Rodri 2024 yilgi “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda Braziliya terma jamoasi va “Real Madrid” klubi vingeri Vinisius Juniordan 41 ochkoga o‘zib ketdi.
Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, ispaniyalik futbolchi 1170 ochko to‘plagan bo‘lsa, braziliyalik hujumchi 1129 ochkoga ega.
Eslatib o‘tamiz, Madrid klubi 2024 yilgi "Oltin to‘p"ni topshirish marosimini boykot qilishga qaror qilgandi.