De la Fuente: "Rodrining yo‘qligi biz uchun katta yo‘qotish, ammo..."
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandesning jarohati borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik yarim himoyachining xochsimon paylari yirtilgan va joriy mavsum oxirigacha safdan chiqqandi.
"Rodrining yo‘qligi biz uchun katta yo‘qotish, ammo bizda Kasado va Subimendi variantlari bor", - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.