Flik Laportaga iltimos bilan chiqdi
"Barselona" Xans-Diter Flik boshchiligida yorqin futbol va yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda. Nemis mutaxassisi futbolchilar bilan ishlashda tafsilotlarga juda e’tiborli va qat’iy, bu haqda allaqachon ko‘p gapirilgan.
Endi Relevo yana bir qiziqarli nuqta haqida xabar berdi. Xullas, Flik “Barselona” prezidenti Joan Laportaga noodatiy iltimos bilan chiqdi.
Murabbiy funksionerdan jamoa mashg‘ulotlariga tashrif buyurganida sport kostyumini kiyishni so‘radi.
Flik mashg‘ulot paytida hamma sportchi ko‘rinishga ega bo‘lishini xohlaydi - rasmiy kostyumlarning maydonda o‘rni yo‘q.