Mbappe Fransiyaning noyabr oyidagi o‘yinlariga bormaydi
Kilian Mbappe yana Fransiya terma jamoasiga bormaydi.
RMC Sport xabariga ko‘ra, "Real" hujumchisi katta ehtimol bilan Millatlar ligasida Isroil va Italiyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibda bo‘lmaydi.
Mbappe avvalroq terma jamoaning oktyabrdagi yig‘inini o‘tkazib yuborgan edi. Bu futbolchining jarohati bilan izohlangan.
Didye Desham shogirdlari 14 noyabr kuni Isroil, 17 noyabrda esa Italiya terma jamoasi bilan uchrashadi.