Konte: "Doimiy harakatda bo‘lgan raqibga qarshi kurashdik"
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya chempionati doirasidagi "Empoli" ustidan qozonilgan minimal hisobdagi g‘alaba (1:0) haqida gapirdi.
Yagona golni 11 metrlik masofadan gruziyalik yarim himoyachi Xvicha Kvarasxeliya kiritdi.
"Biz bu o‘yinda bor e’tiborimizni g‘alaba qozonishga qaratgandik.
Biz doimiy harakatda bo‘lgan raqibga qarshi kurashdik. A Seriyaning ushbu mavsumida hali hech kim bu raqibning stadionida gol ura olmadi.
Bu qiyin o‘yin bo‘ldi", - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Football-Italia.