"Manchester Yunayted" futbolchisi kelajagi borasidagi savolga javob berdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kristian Eriksen klubdagi kelajagi haqida o‘z fikrini aytdi.
32 yoshli futbolchining “qizil iblislar” bilan shartnomasi kelasi yilning iyun oyida yakuniga yetadi.
Klub daniyalik bilan keyingi hamkorlik borasida hozircha bir qarorga kelmagan.
"Bu menga emas, "Manchester Yunayted"ga bog‘liq. Yoz kelguncha kutamiz.
Agar klubga taklif tushsa, men buni albatta jiddiy qabul qilaman", - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi United Stand.