Fernandesh "Manchester Yunayted"dagi o‘yinlarini yaxshilashi kerakligini aytdi
"Manchester Yunayted"ning hujumkor yarim himoyachisi Brunu Fernandesh joriy mavsumdagi o‘yinidan noroziligini bildirdi.
"Klubga kelsak, men o‘z o‘yinimni yaxshilamoqchiman va gollar yana o‘zimga kelishini istayman. Buning uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olishim kerak, chunki men ko‘p gol uradigan yarim himoyachiman. Ko‘p yillar davomida men ishlash jihatidan juda yuqori darajada bo‘ldim va bu umidlarni oqlashim kerak", — deydi Fernandesh.
Joriy mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.