Dovbik La Liganing o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi to‘purari sovrinini oldi
Artyom Dovbik La Liganing o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi to‘purari sovrinini oldi.
O‘tgan mavsumda "Jirona"da to‘p tepgan Ukraina terma jamoasi hujumchisi Ispaniyaning Marca gazetasidan Pichichi kubogini oldi.
2023/24 yilgi mavsumda Dovbik La Ligada 24 ta gol urdi va chempionat to‘purari bo‘ldi. Hozir u "Roma"da o‘ynaydi.
O‘tgan mavsum yakunida La Liganing eng yaxshi murabbiyi uchun sovrin "Jirona"ni boshqarayotgan Michelga topshirildi. Muxlislar fikricha, eng yaxshi futbolchi "Betis" yarim himoyachisi Isko bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan Di Stefano sovrinini Jud Bellingem qabul qilib olgandi.