"Bavariya" bosh direktori bilan yangi shartnoma imzoladi
"Bavariya" bosh direktor Yan-Kristian Drezen bilan shartnomani uzaytirdi.
Dushanba kuni "Bavariya" kuzatuv kengashi bir ovozdan 57 yoshli mutaxassis bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qildi.
Drezen bilan yangi kelishuv 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.
"Yan-Kristian Drezen qiyin davrda bu lavozimga keldi va tezda "Bavariya"ni to‘g‘ri yo‘nalishga qaytardi. Biz bu yo‘lda birga davom etmoqchimiz.
Biz uning direktorlar kengashidagi hamkasblari Mixael Diderix va Maks Eberl bilan birgalikda oldida turgan muammolarni yengish va "Bavariya"ning ulkan maqsadlariga erishish uchun to‘g‘ri shaxs ekanligiga ishonchimiz komil", — dedi klub kuzatuv kengashi raisi Gerbert Xayner.