"Beshiktosh" Isroil klubini Vengriyada qabul qiladi
Yaqinda Turkiya hukumati "Beshiktosh"ga o‘z uyida "Makkabi"ni qabul qilishni taqiqlagan edi. Bu qaror Turkiya-Isroil munosabatlarida keskinlik kuchaygan fonda qabul qilingan. Yevropa Ligasining ushbu o‘yinini o‘tkazishga rozi bo‘lgan yagona davlat Vengriya bo‘ldi. O‘yin Debresenda bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, "Beshiktosh" matbuot xizmati uchrashuv bo‘sh tribunalarda o‘tkazilishini ta’kidladi.
28 noyabr, payshanba kuni Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o‘rin olgan "Beshiktosh" – "Makkabi" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 22:45 da yangraydi. "Beshiktosh" to‘rt turda olti ochko jamg‘argan bo‘lsa, "Makkabi" barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi.