Keyn Mbappening qarori haqida gapirdi
Xarri Keyn Kilian Mbappening "Oltin to‘p" sovrinini topshirish marosimiga kelmagani haqida gapirdi.
"Bavariya" va "Real Madrid" hujumchilari France Football tomonidan mavsumning eng yaxshi to‘purari uchun beriladigan Gerd Myuller kubogini bo‘lishishdi. Fransiyalik futbolchi marosimga kelmadi.
"Marosimda qatnashmaslik uning shaxsiy qarori. Ikkalamiz ham juda yaxshi mavsum o‘tkazdik va u ham men kabi 52 ta gol urdi. Men ushbu mukofotni qo‘lga kiritganimdan faxrlanaman.
Undan nega bu yerda yo‘qligini so‘rashingiz kerak bo‘ladi, lekin baribir bugun kechqurun shu yerda bo‘lishdan faxrlanaman", dedi ingliz.