Kamavinga Mbappening "Real"ga moslashish jarayoni haqida gapirdi
"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Kilian Mbappening klubga moslashishi haqida gapirdi.
Avvalroq "PSJ"da o‘ynagan fransiyalik hujumchi o‘tgan yozda "Los-Blankos"ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi.
"Mbappe uchun hammasi yaxshi ketmoqda. U ispan tilida juda yaxshi gapiradi, bu esa moslashishni osonlashtirdi. U sodda, kamtarin inson, shuning uchun u jamoaga osongina mos tushadi. Hamma uni darhol yoqtirib qoldi. Kilian ko‘p gol urdi, u o‘sha ruhda davom etadi", - deya Kamavinga so‘zlarini keltirmoqda Madrid Zone.