Ispan matbuoti Mbappe o‘yinini tanqid qildi
Ispaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Madridning “Real” klubi o‘z maydonida Kataloniyaning “Barselona” klubini qabul qilib, yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng ispan OAVlari "Los Blancos"ning yulduz hujumchisi Kilian Mbappening o‘yinini tanqid qilishdi.
"Mbappening "el-klasiko"dagi debyuti muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. U yomon o‘ynadi va sakkiz marta ofsaydga tushib qoldi. Kilian qo‘rqoq ko‘rindi", - deydi AS jurnalistlari o‘z materiallarida.
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik hujumchi yozgi transfer oynasida Madrid grandi safiga qo‘shilgan edi. Mbappe "qirollik" klubi bilan besh yilga mehnat shartnomasi imzoladi. La Liganing joriy mavsumida 25 yoshli hujumchi o‘nta o‘yinda 6ta gol urdi.