Beshta jahon chempionati ishtirokchisi Guardado faoliyatini yakunladi
Meksikalik yarim himoyachi Andres Guardado 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Gvardado may oyida Meksika terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi. O‘z terma jamoasi safida u jahon tarixidagi beshta jahon chempionatida ishtirok etgan olti nafar futbolchidan biriga aylandi.
Gvardadoning ilk jahon chempionati 2006 yilda, oxirgisi 2022 yilda Qatarda bo‘lgan. Gvardado Meksika terma jamoasiga ilk bor qariyb 20 yil avval, 2005 yilda chaqirilgan edi.