Ispaniya terma jamoasi: "Barchasi uchun rahmat, Andreas"
Ispaniya terma jamoasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlar orqali futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan yarim himoyachi Andres Inyestaga murojaat qildi.
"Andres Inyesta, o‘yiningiz uchun rahmat", - deyiladi "qizil furiya"ning rasmiy bayonotida.
Yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasi safida 131 ta o‘yin o‘tkazgan. Andres 14 gol va 30 golli uzatmani amalga oshirdi. Terma jamoa tarkibida u jahon chempioni va Yevropa chempioni (ikki marta) bo‘ldi. Inyesta faoliyatining ko‘p qismini "Barselona"da o‘tkazdi. U 674 ta uchrashuvda qatnashib, 57 ta gol urdi va 136 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Keyin Andres “Vissel Kobe” va “Emireyts” jamoalarida o‘ynadi.