Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi Nadalning faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi
Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi matbuot xizmati faoliyatini yakunlashga qaror qilgan tennischi Rafael Nadalga murojaat e’lon qildi.
"Mamlakatimizda tug‘ilgan eng buyuk sportchilarimizdan biri nafaqaga chiqdi. Rafayel, unvonlaringiz, qadriyatlaringiz va so‘nggi yevromizning ovozi bo‘lganingiz uchun rahmat. Iltimos, yana bir bor baqiraylik. VAMOS RAFAAA!", – deyilgan xabarda.
Bugun, 10 oktyabr kuni jahonning sobiq birinchi raqamli tennischisi Devis kubogi finalidan so‘ng professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.