«Barselona»ning Shesni kelajagi borasidagi pozisiyasi ma’lum bo‘ldi
Mark-Andre Ter Shtegenning jiddiy jarohatidan so‘ng, «Barselona» darvozabon Voysex Shesni bilan shoshilinch ravishda shartnoma imzoladi. Polyak futbolga qaytishga majbur bo‘ldi - yoz oxirida u faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.
Shesni hali «Barselona»da o‘ynamagan - hozir asosiy darvozabon Inyaki Penya. Shu bilan birga, Kataloniya klubi polshalik futbolchining ishlashidan mamnun. «Ko‘k-anorranglilar» qarorgohida Shesnining bu ishga munosabati namunali deb hisoblanadi. Agar hech narsa o‘zgarmasa, «Barselona» Voysex bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Bu haqda «Marca» o‘z sahifalarida yozadi.