Shesni: «Ter Shtegenga yordam berish uchun keldim»
Yaqindagina «Barselona»ga o‘tgan polshalik darvozabon Voysex Shesni o‘zining transferi haqida gapirdi.
U jamoada jarohat olgan germaniyalik Mark-Andre ter Shtegen o‘rnini egallaydi.
«Men Ter Shtegen bilan gaplashdimmi? Biz uni ko‘rdik. Jiddiy jarohatiga qaramay, u ijobiy fikrda. Men bu yerga uzoq muddatda uni almashtirish uchun kelganim yo‘q. Men unga yordam berishni xohlayman», - dedi 34 yoshli polyak futbolchisi.