Trent "Real" taklifini rad etishi mumkin
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold "Real"ga o‘tishi haqidagi xabarlarga qaramay, "mersisaydliklar" safida qolishi mumkin.
Deadlinedaylive nashri ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar so‘nggi haftalarda muzokaralar olib borishgan va bir oz oldinga siljishgan. Trent va "qizillar" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yozda tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr-Arnold "Liverpul" safida 2016 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. Futbolchining bozor qiymati 70 million yevroga baholanmoqda. Premyer-liganing joriy mavsumida Trent yettita o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.