Tuxelning Angliya murabbiyiga aylangani «Bavariya» uchun ayni muddao bo‘ldi
Myunxenning «Bavariya» klubi futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan Tomas Tuxelning qolgan shartnomasidan taxminan 5,3 million dollar tejaydi, deya xabar bermoqda "Bein Sports".
Manbaga ko‘ra, Tuxelning «Bavariya» bilan yillik maoshi 10,6 million dollar bo‘lgan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan edi, biroq u bu summaning faqat yarmini oladi. Bu uning yanvar oyidan boshlab futbol mavsumi o‘rtalarida Angliyani boshqarishi bilan bog‘liq.
Hamkorlik shartnomasi 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Xabar qilinishicha, shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan. 51 yoshli mutaxassisning maoshi yiliga 4,5-5 million funtni tashkil qiladi.