«PSJ»ning yetakchi himoyachisi safga qaytishga yaqin turibdi
«PSJ» markaziy himoyachisi Lyuka Ernandes o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi yarim finalida Dortmundning «Borussiya»siga qarshi ilk o‘yinda tizzasidan jarohat olgandi.
«Get French Football News» xabariga ko‘ra, 28 yoshli fransuz yaqin kunlarda jamoaviy mashg‘ulotlarga kirishadi.
Ernandes «PSJ»ga 2023 yilning yozida «Bavariya»dan 45 million yevro evaziga transfer qilingandi.