Gvardiola odamlarni tug‘ilgan joyi uchun tanqid qilish noto‘g‘ri deb hisoblaydi
Tomas Tuxel Angliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangach, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya terma jamoasini angliyalik murabbiy boshqarishi kerakmi, degan savolga javob qaytardi.
"Biz qayerda tug‘ilishni hal qilmaymiz. Onam va dadam buni hal qilishdi va to‘qqiz oydan keyin biz paydo bo‘ldik. Men kataloniyalik bo‘lishga qaror qilganim yo‘q, siz esa ingliz bo‘lishga qaror qilmadingiz. Federatsiya a’lo obro‘ga ega xorijlik murabbiyni tanladi. Men bu tanlovni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardim.
Murabbiy g‘alaba qozonsa, maqtovga sazovor bo‘ladi. Murabbiy mag‘lub bo‘lsa, tanqid qilinadi. Uning qaysi millatga mansubligi muhim emas. Bilaman, har birimiz o‘z millatimiz bilan faxrlanamiz, lekin dunyo juda katta joy va biz ochiq fikrli bo‘lishimiz kerak.
Men Angliyaga o‘qish uchun keldim. Ba’zida kimdir o‘zini boshqalardan yaxshiroq deb hisoblaydi. Bu butun dunyoda - Ukrainada, Rossiyada, Isroilda, Afrikaning bir qismida sodir bo‘lmoqda. Kimdir boshqa joyda tug‘ilgani uchun tanqid qilishni yoqtirmayman", - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.