Kalafyori: "Arteta juda kamtarin edi"
"Arsenal"ga yangi kelgan Rikkardo Kalafyori Arteta haqida gapirdi.
"Arteta avval menga xat yozdi, so‘ng qo‘ng‘iroqlashdik.
Telefonda u juda kamtarin va suhbat juda oson edi. U vaziyatni va ular men haqimda nima deb o‘ylashlarini, nimani yaxshilashim mumkinligini tushuntirmoqchi edi.
U meni klubga o‘tishga ishontirishga harakat qildi. Birinchi mashg‘ulot paytida men "bu haqiqatmi?" deb o‘yladim. "Arsenal" logotipini ko‘rganimda, hozir shu yerda o‘ynab yurishimga ishonmagandim. Bu juda ajoyib sayohat", – dedi futbolchi.