«Arsenal» himoyachisi klubni tark etishi mumkin
«Seltik» yanvarda «kanonirlar»ni tark etishi mumkin bo‘lgan shotlandiyalik himoyachi Kiran Tirnini sotib olmoqchi. Tirni o‘tgan hafta Londonda bo‘lib o‘tgan xayriya tadbirida «Seltik» bosh murabbiyi Brendan Rodjers bilan uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli chap qanot himoyachisi 2019 yilning avgust oyida «Seltik»dan «Arsenal»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi. Tirni joriy mavsumda hali maydonga tushmadi, chunki u Yevro-2024 da jarohat olgandi. "Transfermarkt" portali shotlandiyalik futbolchini 10 million yevroga baholamoqda.