"Bayer" futbolchisiga talab keskin ortib ketadi
Keyingi yozda himoyachi Jonatan Ta uchun transfer bozorida jiddiy kurash bo‘ladi.
Futbolchining agenti avvalroq "Bayer" bilan shartnoma uzaytirilmasligini, shuning uchun Ta 2025 yilda erkin agent sifatida qolishini aytgandi.
Mish-mishlar Tani bir qator klublar - "Bavariya", "Barselona", "Real Madrid" va "Yuventus" bilan bog‘lagan.
Hozirda nemis futbolchisiga Premyer-liganing top-klublaridan biri qiziqish bildirmoqda – «Liverpul».