De la Fuente Kubarsiga qo‘ngiroq qildi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" himoyachisi Pau Kubarsini noyabr oyidagi o‘yinlarga chaqirmaslik qarorini tushuntirdi.
Qaydnomani e’lon qilishdan avval "Qizil furiya" ustozi 17 yoshli futbolchiga qo‘ng‘iroq qilib, unga ishonishini, ammo tavakkal qilishni istamasligiga ishontirdi, deya xabar bermoqda jurnalist Ferran Martines. Gap Kubarsining yaqinda "Srvena Zvezda" bilan o‘yinda olgan jarohati haqida ketmoqda: raqib butsasi yuziga tekkanidan so‘ng vunderkindga o‘nta chok tikilgan. Futbolchining o‘zi shu holatda ham terma jamoada o‘ynamoqchi edi, ammo de la Fuente unga dam olgani ma’qul, deb hisoblagan.
Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasida Daniya (15 noyabr) va Shveysariya (18 noyabr) termalariga qarshi bahs olib boradi.