Yamal Ispaniyaning navbatdagi o‘yinlarida 10-raqamda o‘ynaydi
Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasida o‘ninchi raqamni oldi.
Luis de la Fuente shogirdlari 12 va 15 oktyabr kunlari Millatlar ligasi doirasida Daniya va Serbiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
"Barselona" sharafini himoya qiladigan 17 yoshli vinger ushbu o‘yinlarda o‘ninchi raqamli libosda maydonga tushadi.
Ispaniya termasida bu raqam avvalroq Dani Olmoga berilgandi. "Barselona" yarim himoyachisi jarohati tufayli o‘yinlarga chaqirilmadi.