Nigeriyalik futbolchilar tez orada uylariga uchib ketishadi
Nigeriya terma jamoasi futbolchilari tez orada Liviyadan uylariga jo‘nab ketishadi.
Bu haqda jurnalist Yagiz Sabunkuo‘g‘li terma jamoa sardori Uilyam Trost-Ekongga tayanib, X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, nigeriyaliklar uylariga uchishi kerak bo‘lgan samolyot yoqilg‘i bilan to‘ldirilgan va uchishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriya terma jamoasi Liviyadagi tashlandiq aeroportda oziq-ovqat, suv va aloqa tizimisiz qolib ketgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
Qayd etilishicha, futbolchilar liviyaliklar bilan Afrika kubogi saralash bahsini o‘tkazishdan bosh tortgan.