Xargrivz: "Anchelotti kimnidir ketkazishi kerak"
Ouen Xargrivz "Real"ning Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi. Madrid klubi “Milan”ga imkoniyatni boy berdi(1:3).
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi jamoadagi muammolar tufayli Karlo Anchelottining boshi og‘riydimi, degan savolga javob berdi.
"Ba’zida migren bo‘ladi. Karloning tajribasini hisobga olsak ham qiyin bo‘ladi. U vaziyatni to‘g‘rilashi kerak. U kimnidir ketkazmasa bo‘lmaydi.
Ular juda ochiq o‘ynashadi. "Milan" va "Shtutgart" "Real"dan ko‘ra ko‘proq to‘pga ega bo‘lishdi. Jud Bellingemning pozisiyasida muvozanat buzildi. U hali ham o‘z o‘rnini topishga harakat qilmoqda.
Qolaversa, ko‘pchilikning shikoyat qilishi “Real”dek katta klubga hech qachon foyda keltirmaydi”, - deydi Xargrivz.