Fransiyaning «Lans» klubi muxlislari O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanovni oktyabr oyida jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi.
20 yoshli markaziy himoyachimiz ortda qolayotgan oyda lansliklar safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va barchasida o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi.