Ryudiger yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazmoqda
Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger hozirda jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti.
«Marca» xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi «El-klasiko»dan so‘ng tizzasida noqulayliklar sezgandi.
Qayd etilishicha, nemis futbolchisi 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Valensiya»ga qarshi o‘yingacha tiklanishga ulguradi.