Vinisius Gaviga «Oltin to‘p»ga borishini aytmagan ekan
«DAZN» telekanali «El-klasiko» vaqtida «Barselona» yarim himoyachisi Gavi va «Real» hujumchisi Vinisius o‘rtasidagi suhbatda nima haqida gap ketganini ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, braziliyalik futbolchi o‘yin vaqtida Gaviga «dushanba kuni «Oltin to‘p»ni olish uchun borishini» aytmagan.
Aslida, Vini ispaniyalik futbolchiga «2 ta YECHL kubogi» borligini aytgan.