Gullit: "Rodrining "Oltin to‘p" uchun kurashdagi g‘alabasiga qo‘shilaman, ammo men Vinisiusning g‘azabini ham tushunaman"
Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rud Gullit "Oltin to‘p" uchun ovoz berish natijalariga izoh berdi.
Bu yil sovrin "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodriga nasib etgan bo‘lsa, "Real Madrid" vingeri Vinisius ikkinchi o‘rinni egalladi.
"Rodri ajoyib futbolchi, u aql bovar qilmaydigan ishlarni qildi. Eng muhim o‘yinlarda markaziy yarim himoyachi sifatida o‘ynab gollar urdi.
Ular ikki xil o‘yinchi va ba’zi odamlar Vinisius g‘alaba qozonishi kerak edi deb o‘ylashadi. Men ham bu fikrga qo‘shilaman, nima sababdan g‘alaba qozona olmagani unga ovoz bergan jurnalistlarga bog‘liq.
Men uning g‘azabini xuddi Xolandning o‘tgan yili tushunganimdek tushuna olaman. Mukofot olish uchun u nechta gol urishi kerak? Bularning barchasi mutlaqo shaxsiydir. Qaror qabul qiladigan jurnalistlar Rodriga ovoz berishdi, men bunga qo‘shilaman, lekin Vinisiusni tushunaman. Agar aksincha bo‘lsa va Rodrining jahli chiqsa, men ham tushunardim.
Bu juda qiyin. "Oltin to‘p" juda muhim narsa. Men g‘alaba qozonganimdan juda faxrlanaman. Vinisius qila oladigan yagona narsa - bu o‘zining qanchalik yaxshi ekanligini ko‘rsatish", - dedi "Milan" va Niderlandiyaning sobiq futbolchisi.