Xabi: "Bu har doim o‘ziga xos voqelikka sabab bo‘ladi"
Xabi boshchiligidagi Leverkuzenning “Bayer” klubi Chempionlar ligasi doirasida “Liverpul”ga qarshi safarda maydonga tushadi.
Uchrashuv seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bu ispaniyalik murabbiy uchun alohida voqelik bo‘ladi: u futbolchi bo‘lganida 2004 yildan 2009 yilgacha mersisaydliklar sharafini himoya qilgan.
"Bu har doim o‘ziga xos voqelikka sabab bo‘ladi. Klub qanday rivojlanayotganini ko‘rishingiz mumkin. "Enfild"dagi yangi atmosfera ajoyib ko‘rinadi.
Men bu shaharni juda yaxshi bilaman. "Liverpul" menga yoqdi, bu yerda do‘stlarim bor. Balki ertaga sayrga yoki yugurishga boraman, lekin piyoda yurishga vaqtim bo‘lmaydi. Men bor e’tiborimni faqat o‘yinga qaratganman", - dedi Alonso.