Dest: "Qiyin kunlarimda PSV yonimda turdi"
PSV futbolchisi Serjinyo Dest shu yilning aprel oyida jarohat olgan edi. Bu futbolchining faoliyati shu paytgacha o‘zgacha bo‘lgan, ammo u umidsizlikka tushmadi. Sky Sports nashriga bergan intervyusida himoyachi Erediviziyaga qaytishi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, Yevropaning top-5 yetakchi ligalarida o‘ynashga qaytish niyatini ta’kidladi.
"Shubhasiz, PSV - katta klub, lekin menda juda ko‘p ambisiyalar bor va men nima qila olishimni bilaman. Men o‘zimning saviyam "kuchli beshlik" ligada bo‘lishi kerakligini his qilaman, shuning uchun men buning uchun juda ko‘p harakat qilyapman. Men bu go‘zal joylarga qaytishni xohlayman. Piter Bosh menga juda ishonadi, bu eng yaxshi narsa u meni yangi chegaralar sari turtkilaydi. PSV og‘ir damlarda yonimda bo‘ldi. Ular menga ishonishdi, shuning uchun bu muhim edi va men buning uchun ulardan juda minnatdorman. Psixologik jihatdan qiyin edi, chunki buni xohlamagandim"-dedi Dest.
Eslatib o‘tamiz, amerikalik futbolchi o‘tgan mavsumda PSV bilan Erediviziyada g‘alaba qozongan.